Film bosh qahramoni Oyjan ismli qiz haqida hikoya qiladi. U kichik qishloqdan katta shaharga o‘qish uchun keladi va yangi hayot hamda chin muhabbatni orzu qiladi. Oyjan ota-onasidan yashirincha sevgan insoniga turmushga chiqadi. Biroq, turmush o‘rtog‘i haqidagi dahshatli haqiqat uning hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Kutilmagan voqealar natijasida u ilgari umuman bilmagan bolalar taqdiri bilan yuzma-yuz keladi. Film sevgi, oilaviy mas'uliyat, fidoyilik va insoniy qadriyatlarni yoritadi.